Barcha yangiliklar
2026-yil 20-fevral kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 91036
Gallery image 91037
Gallery image 91038
Gallery image 91039
Gallery image 91040
Gallery image 91041
Gallery image 91042
Gallery image 91043
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
20 Fev 2026
16:40

2026-yil 20-fevral kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiya davomida 2026-yilda tumanda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol mahsulotlarini sotish bo‘yicha yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, 2026-yil boshiga mahalliy budjetda shakllangan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan takliflar muhokama etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Sessiya jarayoni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining rasmiy YouTube kanalida sifatli va uzluksiz tarzda jonli efir orqali namoyish etildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.