Barcha yangiliklar
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
Gallery image 91020
Gallery image 91021
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
23 Fev 2026
16:53

Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda

Yurtimizda o‘tkazilayotgan aholi ro‘yxatga olish xatlovida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev faol qatnashib, jarayonning ochiq, shaffof va tartibli tashkil etilishiga amaliy hissa qo‘shmoqda. Xatlov – bu nafaqat statistika, balki hududlar rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifati va kelgusi rejalashtirish uchun muhim asosdir.

Deputat Navro‘z mahallasida bo‘lib, xatlov jarayonini bevosita kuzatmoqda, fuqarolar bilan muloqot qilmoqda hamda ularning savollariga javob bermoqda. Jarayon davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilmoqda.

Aholi xatlovida har bir fuqaroning ishtiroki muhim.

 To‘g‘ri va aniq ma’lumot – hudud taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Birgalikda ochiq va samarali jarayonni ta’minlaymiz!