Barcha yangiliklar
Mahallada kiberjinoyatlarga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 91000
Gallery image 91001
Gallery image 91002
Gallery image 91003
Gallery image 91004
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
23 Fev 2026
16:46

Mahallada kiberjinoyatlarga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Turon MFYida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kiberjinoyat tushunchasi, turlari va jamiyatga yetkazayotgan salbiy oqibati haqida ma’lumot berildi.

Deputat internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotni o‘g‘irlash, bank kartalari orqali noqonuniy pul yechib olish, soxta havola va zararli dastur orqali sodir etilayotgan jinoyat haqida tushuntirish berdi. Ijtimoiy tarmoqda ehtiyotkorlikni kuchaytirish, begona shaxsga shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, bank karta rekvizitini oshkor qilmaslik zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kiberjinoyat salbiy oqibatlari — moliyaviy zarar, shaxsiy ma’lumot tarqalishi, ruhiy bosim va ishonch yo‘qolishi kabi holatga misollar keltirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bunday tadbirlar aholi huquqiy savodxonligini oshirish va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishda muhimdir.