Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Gallery image 90913
Gallery image 90914
Gallery image 90915
Gallery image 90916
Gallery image 90917
Gallery image 90918
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
23 Fev 2026
14:59

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 23-Boshchorbog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Normurot Umarov tomonidan Boshchorbog‘ mahallasida joylashgan 98-maktabda "Mahalla yettiligi" ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tuman tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.