Barcha yangiliklar
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
Gallery image 90889
Gallery image 90890
Gallery image 90891
Gallery image 90892
Gallery image 90893
Gallery image 90894
Gallery image 90895
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
23 Fev 2026
14:33

Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar

 Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari
Quva tumani Kengashi deputatlari tuman “Markaziy dehqon bozori”da navbatdagi o‘rganish
tadbirlarini amalga oshirdilar. 

Tadbir davomida
deputatlar bozorda sotilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – kartoshka, guruch,
piyoz, o‘simlik yog‘i, un, go‘sht mahsulotlari, poliz va sabzavot turlari – narxi,
sifati hamda kelib chiqish manbasini, shuningdek, avvalgi o‘rganishlar davomida
aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha bozor ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan choralarni
atroflicha o‘rgandilar. 

Deputatlar o‘rganishlar
davomida bozor rastalarida mahsulot narxlarini sun’iy oshirish holatlariga yo‘l
qo‘ymaslik, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va etiketga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar
berdilar.