Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 90797
Gallery image 90798
Gallery image 90799
Gallery image 90800
Gallery image 90801
Gallery image 90802
Gallery image 90803
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
23 Fev 2026
13:20

Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-"Bandixon" saylov okrugidan saylangan deputat H.Abdimo'minov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi asosida o'z saylov okrugidagi "Bandixon" mahallasida bo'lib, yettilik faoliyati bilan tanishdi va "Bandixon" mahallasida joylashgan "SURXON MEBEL" OLILAVIY KORXONASIga tashrif buyurdi.

🔴 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔴 Shuningdek, 2026-yilda Bandixon tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda amaliy reja-tadbirlar mahalla faollariga batafsil yetkazildi.

🔴 Tashrif chog‘ida fuqarolarning murojaatlari joyida tinglanib, o‘z yechimini kutayotgan masalalar o‘rganildi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli davlat tashkilotlariga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.