Barcha yangiliklar
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
Gallery image 90768
Gallery image 90769
Gallery image 90770
Gallery image 90771
Gallery image 90772
Gallery image 90773
Gallery image 90774
Gallery image 90775
Gallery image 90776
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
30 Yan 2026
12:56

Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar

 Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar

Har bir fuqaroning
kundalik hayotida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj eng muhim masalalardan
biri hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, xalq deputatlari Quva tumani Kengashi
deputatlari tuman “Markaziy dehqon bozori”da o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdilar. 

Tadbir davomida
deputatlar bozorda sotilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – kartoshka, guruch,
piyoz, o‘simlik yog‘i, un, go‘sht mahsulotlari, poliz va sabzavot turlari – narxi,
sifati hamda kelib chiqish manbasini atroflicha o‘rgandilar. 

O‘rganish jarayonida
nafaqat sotuvchilar, balki xaridorlar bilan ham suhbatlar o‘tkazildi. Aholi va tadbirkorlarning
fikr-mulohazalari tinglandi. Bozor infratuzilmasi, savdo madaniyati va sanitariya
holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar
berildi. 

Deputatlar o‘rganishlar
davomida bozor rastalarida mahsulot narxlarini sun’iy oshirish holatlariga yo‘l
qo‘ymaslik, do‘konlarda sotuvchilar tomonidan mahsulot narxini xaridorlar uchun
ochiq va qulay tarzda ko‘rsatish, shuningdek, savdo joylarida xaridorlar harakati
uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash va etiketga rioya
qilish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. 

Shu bilan birga,
deputatlar narx-navolar barqarorligini ta’minlash va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari
bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida kelgusida ham tizimli monitoring ishlarini davom
ettirishni belgilab olishdi.