Barcha yangiliklar
Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 90600
Gallery image 90601
Gallery image 90602
Gallery image 90603
Gallery image 90604
Gallery image 90605
Gallery image 90606
Gallery image 90607
Gallery image 90608
Gallery image 90609
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
19 Fev 2026
00:00

Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi

⭐️Joriy yilning 19-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor majlisi o‘tkazildi.

✅Majlisda Milliy va hududiy kengashlar aʼzolari, xalq deputatlari Samarqand viloyati hamda tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, viloyat hokimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✅Kun tartibida viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Energetika, qurilish, bandlik, sog‘liqni saqlash va bank sohalarida aniqlangan korrupsion xavf omillari yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✅Muhokama yakunida mutasaddilarga jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, davlat xizmatlarida inson omilini qisqartirish, komplayens-nazorat tizimini kuchaytirish, kreditlash tizimida shaffof va avtomatlashtirilgan mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

✅ @sam_vil_deputatlari (https://t.me/sam_vil_deputatlari)