Barcha yangiliklar
Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Gallery image 90585
Gallery image 90586
Gallery image 90587
Gallery image 90588
Gallery image 90589
Gallery image 90590
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
17 Fev 2026
00:00

Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

👍Samarqand Davlat Universitetida Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati hamda Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi hamkorligida “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

👍 Tadbirning maqsadi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, internet orqali tarqaladigan firibgarlik holatlari haqida ogohlantirish va ularning oldini olish edi. 

🇺🇿Tadbirni Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati Mavlon Boboxonov ochib yig‘ilganlarga firibgarlikning so‘nggi shakllari va ularning xavf-xatarlari haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. U internet orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlarining sezilarli darajada ko‘paygani, ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan viruslar va zararli dasturlar ta’siri ostida odamlar ko‘p zarar ko‘rishini ta’kidladi.

👍Shuningdek tadbirda, Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi mas'ullari Farhod Mizayev va Asror Suyarov, shuningdek, “Adolat” partiyasining hududiy kengash rais o‘rinbosari Asqar Xoliqov ishtirok etdilar. Tadbir davomida, bugungi kunda firibgarlik holatlari internet va mobil tarmoqlar orqali keng tarqalganligi ta’kidlandi.

⁉️Tadbirda, fuqarolarga internetda xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

👍 Tadbir yakunida ishtirokchilar firibgarlikdan himoya qilish uchun jamoatchilikni ongli ravishda ogohlantirish, shu bilan birga, internet xavfsizligi madaniyatini shakllantirishni davom ettirishga qaror qildilar. 

👍Mazkur tadbir Samarqand viloyatida firibgarlikning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarni ogohlikka chaqirish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi.

⚡️@sam_vil_deputatlari