Barcha yangiliklar
Deputatlik faoliyati
Gallery image 90504
Gallery image 90505
Gallery image 90506
Gallery image 90507
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
23 Fev 2026
10:43

Deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi 7-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Norqobilov tumandagi Taskent Oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shifokor va tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat tomonidan bepul berilishi belgilangan dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik bo‘yicha o‘rganilib, atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida Taskent Oilaviy shifokorlik punkti boshlig‘i bilan mavjud muammolar borasida suhbatlashildi va takliflari eshitildi. Mamlakatimizda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar yetkazildi.

Mahalliy aholi vakillari va tibbiyot xodimlari so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida sohada olib borilayotgan jadal islohotlarni e’tirof etib, bu o‘zragishlarni odamlar hayotida sezayotganini qayd etdilar