Barcha yangiliklar
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda  yoshlar bandligi o‘rganildi
Gallery image 90467
Gallery image 90468
Gallery image 90469
Gallery image 90470
Gallery image 90471
Gallery image 90472
ERNAZAROV JAXONGIR RUSTAMOVICH
23 Fev 2026
10:09

Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi

Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi

  Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash ishlarini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rashidov Doston Xasan o‘g‘li A.Navoiy MFY yoshlar yetakchisi Sh.Malikov faoliyati bilan tanishdi.

  O’rganish davomida mahalladagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan yer maydonlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Yerlardan samarali foydalanish, yoshlarning daromad manbaini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

  Mazkur o‘rganish ishlari mahallada yoshlar bandligini oshirish va amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman