Barcha yangiliklar
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
Gallery image 90374
Gallery image 90375
Gallery image 90376
Gallery image 90377
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
23 Fev 2026
09:00

🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:

🔷 Muammo o‘z yechimini topdi: Sel yo‘llari tozalandi va ta’mirlanmoqda:

Tumanimizda ko‘p yillardan buyon dolzarb bo‘lib kelayotgan sel yo‘llari masalasi xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga 4-"Qorasuv" okrugidan saylangan deputat Sodiqov Shavkat Allaberdiyevich tashabbusi bilan ijobiy hal etildi.

Aholi murojaatlaridan kelib chiqib, sel oqimlari o‘tadigan ariq va zovurlar maxsus texnikalar yordamida to‘liq tozalandi. Shikastlangan va xavf tug‘dirayotgan qismlar ta’mirlanib, mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.

✔️ Sel xavfi kamaytirildi

✔️ Hudud obodonlashtirildi

✔️ Aholi uchun xavfsiz sharoit yaratildi

Mazkur ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi hamda nazorat ostida bo‘ladi.