Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 90362
Gallery image 90363
Gallery image 90364
Gallery image 90365
Gallery image 90366
Gallery image 90367
Gallery image 90368
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
21 Fev 2026
20:02

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi (https://t.me/kengash_margilon/1764) masalalarga daxldor shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. 

Kun tartibida Marg‘ilon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Dastur ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasini tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur komissiyaning maqsadi – fuqarolarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ekani ta’kidlandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya jarayoni Kengashning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri (https://www.facebook.com/share/v/1GGZbQCPjk/) olib koʻrsatildi.