Barcha yangiliklar
"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi"
Gallery image 90266
Gallery image 90267
Gallery image 90268
Gallery image 90269
Gallery image 90270
Gallery image 90271
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
21 Fev 2026
17:05

"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi"

Yurtimizda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya asosida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, muborak Ramazon oyida mehr-oqibat va saxovat tadbirlari bilan yanada bezakli bo‘lmoqda. Zero, bu muqaddas oy — ezgulik, sabr-toqat va ko‘makka muhtoj insonlarga mehr ulashish pallasidir.

Ana shunday xayrli tashabbuslar doirasida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova o‘zi saylangan "9-Abdulla Avloniy" saylov okrugi hududidagi mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi.

Fuqarolar bilan suhbat davomida oilalarning yashash sharoitlari, sog‘lig‘i va ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.