Barcha yangiliklar
"Alpomish" mahallasidagi murojaat ijobiy yechim topdi
Gallery image 90262
Gallery image 90263
Gallery image 90264
Gallery image 90265
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
21 Fev 2026
17:03

"Alpomish" mahallasidagi murojaat ijobiy yechim topdi

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov o‘zining saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. 

O‘rganish davomida “Alpomish” mahallasidagi 84-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro B.Achildiyev ichimlik suv quvuridagi nosozliklar yuzaga kelgani va bu holat aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani bo‘yicha murojaat qildi. 

Murojaatni joyida o‘rgangan deputat vaziyatni bartaraf etish maqsadida mas'ul soha mutaxassislarini jalb etdi.