Barcha yangiliklar
“OILA MUQADDAS DARGOH”
Gallery image 9188
Gallery image 9189
Gallery image 9190
Gallery image 9191
Gallery image 9192
Gallery image 9193
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
03 May 2024
18:16

“OILA MUQADDAS DARGOH”

“OILA MUQADDAS DARGOH”

Qiziltepa tumanida ta'lim va tibbiyot sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar bilan “Oila muqaddas dargoh" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, "Oqila ayollar harakati" yetakchisi M.Karimova, tuman hokimi o‘rinbosari M.Nurulloyeva, tuman tibbiyot birlashmasi xodimi S.Avezova, tuman IIB va imom xatiblar ishtirok etib sohadagi xotin-qizlarga zarur bo‘lgan maslahatlarni va kelgusida xotin-qizlar o‘rtasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

-Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlar va boshqa salbiy holatlarning oldini olish bugungi oldimizga qo‘yilgan masaladir, deydi deputat M.Karimova.