Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi va umutaʼlim muassasasi hamkorligi
Gallery image 90193
Gallery image 90194
Gallery image 90195
Gallery image 90196
Gallery image 90197
Gallery image 90198
Gallery image 90199
Gallery image 90200
Gallery image 90201
Gallery image 90202
Gallery image 90203
Gallery image 90204
Gallery image 90205
Gallery image 90206
Gallery image 90207
Gallery image 90208
Gallery image 90209
TURSUNQULOV FAYZIDIN NUSRATILLOYEVICH
21 Fev 2026
14:41

Xalq deputatlari tuman Kengashi va umutaʼlim muassasasi hamkorligi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi va umutaʼlim muassasasi hamkorligi 

  

Xalq deputatlari tuman Kengashi bilan hamkorlikda Boysun tumanidagi 5-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash bosh vazifamiz" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari hamda amaliy seminar tashkil etildi. 

O‘rganish jarayonida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinfxonalar holati, moddiy-texnik baza, o‘qituvchilarning faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, maktab rahbariyati tomonidan pedagoglar va o‘quvchilarga ta’lim sifatini oshirishda yaratilgan sharoitlar ularni rag‘batlantirish holatlari, maktabning mavjud moddiy texnika ba’zasi va ulardan foydalnish holati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha maktab va maktabdan
tashqari to‘garaklar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

Mazkur tashrif ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, o‘quv jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha qilingan ijobiy ishlarni boshqa ta’lim muassasalarida ham ommalashtirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Tadbir yakunida ta’limda erishgan yutuqlari uchun bir guruh pedagoglarga hamda o‘qishdagi a’lo baholari uchun bir guruh o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan rag‘barlantirildi.