Barcha yangiliklar
“Bir mahalla – bir tashabbus”
Gallery image 90177
Gallery image 90178
Gallery image 90179
Gallery image 90180
Gallery image 90181
Gallery image 90182
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
21 Fev 2026
13:03

“Bir mahalla – bir tashabbus”

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan “Bir mahalla – bir tashabbus” loyihasi doirasida Jizzax shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Jarayonda shahardagi “Yoshlik”, “Ittifoq”, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, uy-joylarning texnik holati, obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi hamda to‘lov intizomi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, masʼul tashkilotlar va boshqaruv kompaniyalariga aniq vazifalar belgilab berildi.