Barcha yangiliklar
🏗 Deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari nazorat qilinmoqda
Gallery image 90146
Gallery image 90147
Gallery image 90148
Gallery image 90149
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
21 Fev 2026
11:24

🏗 Deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari nazorat qilinmoqda

Joriy yilning 20-fevral kuni Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati, O‘zXDP Taxiatosh tuman Kengashi raisi D.Artikov Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” OFY hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab direktori S.O‘tepov bilan birgalikda muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, bajarilgan ishlar hajmi va sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, obyektlarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish darajasi hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.