Barcha yangiliklar
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
Gallery image 90136
Gallery image 90137
Gallery image 90138
Gallery image 90139
Gallery image 90140
Gallery image 90141
Gallery image 90142
Gallery image 90143
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
21 Fev 2026
10:02

Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputatlari Obidjon Mirzamatov va Muqaddamxon Nazarovalar Qumariq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.  

Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni mahalla yettiligi bilan birgalikda bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.  

Shuningdek, deputatlar tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti hamda issiqxona xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi. Tadbirkor tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot yetishtirish hajmi va aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi.