Barcha yangiliklar
KITOBXONLIK
Gallery image 89996
Gallery image 89997
Gallery image 89998
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
20 Fev 2026
17:52

KITOBXONLIK

 Kitob — eng yaxshi hamroh. Unga oshno bo'lgan qalb ezgulikka intiladi.
Shu boisdan bolalikdan mutolaaga mehr qo'yish muhimdir.
 

Bugungi kunda Uchquduq tumani 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida kitobxon
o'quvchilarning safi tobora kengaymoqda.
 

Aytib o'tish joizki, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, maktab
direktori G.Allanovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan “HAR HAFTADA BIR
KITOB” loyihasi o'quvchi-yoshlarda mutolaa zavqini yanada oshirmoqda!
 

Ayniqsa, har kuni maktab kutubxonasida o'tkazilayotgan direktor bilan
suhbat kitobxonlarga asarlarni tez va to'liq o'qib, uqib olishlariga turtki
bo'lmoqda. Natijada o'quvchilar kitoblarni o'qibgina qolmay, balki ulardan
kerakli xulosalar ham chiqarmoqdalar.