Barcha yangiliklar
Muborak Ramazon oyida aholiga mehr-saxovat ko‘rsatilmoqda
Gallery image 89995
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
20 Fev 2026
17:18

Muborak Ramazon oyida aholiga mehr-saxovat ko‘rsatilmoqda

Xalq deputatlari Oltіnsoy tuman Kengashi raisi, deputat Turdiyev Akrom Abdimurotovich, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadievichlar boshchiligida. 

Ehson tadbiri davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zaruriy ehtiyoj vositalari topshirildi. Bunday xayrli ishlar yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari Ramazon oyining insonparvarlik, bag‘rikenglik va saxovat kabi ezgu fazilatlarini targ‘ib etish har birimizning burchimiz ekanini alohida ta’kidladilar.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati