Barcha yangiliklar
Obodonlashtirish ishlari va “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik jarayonlari o‘rganildi
Gallery image 89897
Gallery image 89898
Gallery image 89899
Gallery image 89900
Gallery image 89901
Gallery image 89902
Gallery image 89903
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
20 Fev 2026
15:56

Obodonlashtirish ishlari va “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik jarayonlari o‘rganildi

Obodonlashtirish ishlari va “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi bunyodkorlik jarayonlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari D.Ergashev hamda J.Mirzayev hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishini ko‘zdan kechirib, qurilish va obodonlashtirish jarayonlarini atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududlarni yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga tozalikni ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish shahar aholisi uchun yanada farovon muhit yaratishga xizmat qiladi.