Barcha yangiliklar
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI MIROBOD TUMANIDA JOYLASHGAN MAHALLALARDAGI “MAHALLA YETTILIG” UCHUN YARATILINGAN SHAROITLAR  BILAN YAQINDAN TANISHDI
Gallery image 9146
Gallery image 9147
Gallery image 9148
Gallery image 9149
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
03 May 2024
09:51

TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI MIROBOD TUMANIDA JOYLASHGAN MAHALLALARDAGI “MAHALLA YETTILIG” UCHUN YARATILINGAN SHAROITLAR BILAN YAQINDAN TANISHDI

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev Mirobod tumanidagi "Banokatiy" mahallasida mahalla raisi M.Qodirov, xalq deputatlari Mirobod tuman kengashi deputati Karimov Avaz Azizdjanovich hamda mahalla yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi muammolar muhokama qildi. 
Mahalla yettiligi ro‘yxati bo‘yicha biriktirilgan xodimlar faoliyati o‘rganildi hamda ularning fuqarolar bilan ishlash tartibi ko‘rib chiqildi va kerakli maslahatlar berildi. 
O‘rganishlar davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali mahalladagi ishsiz aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi