Barcha yangiliklar
Zomin tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.
Gallery image 89714
Gallery image 89715
Gallery image 89716
Gallery image 89717
Gallery image 89718
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
20 Fev 2026
12:07

Zomin tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.

Bugun Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova tuman Kengashi deputatlari bilan biragalikda tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdilar.

O'rganish davomida deputatlar tomonidan:

- aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati

- mavjud sharoit va moddiy-texnik baza

- dori-darmon ta’minoti

- shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyati

- amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar

atroflicha o‘rganildi.

Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. 

Deputatlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Aholi salomatligini mustahkamlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishish davom etmoqda.