Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
Gallery image 89677
Gallery image 89678
Gallery image 89679
Gallery image 89680
Gallery image 89681
Gallery image 89682
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
20 Fev 2026
11:33

Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati