Barcha yangiliklar
Shayxon mahallasining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi.
Gallery image 89626
Gallery image 89627
Gallery image 89628
Gallery image 89629
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
20 Fev 2026
10:55

Shayxon mahallasining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi.

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan "Shayxon" MFYning  faoliyati o‘rganildi.
Tekshiruv maqsadi mahalla boshqaruvi tizimidagi ishlarni samarali qilish, aholi muammolarini hal etish, mahalliy aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish edi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlar alohida eʼtibor qaratildi. 

Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash;

Subsidiya, imtiyozli kredit va boshqa ijtimoiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish;

Mahalladagi tadbirkorlikni rivojlantirish;

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar;

Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish loyihalari

Deputat mahalla tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, amaliy yechimlar topish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini qayd etdi.
U aholi bilan muloqot qilib, mavjud muammo va taklifni tingladi.