Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.
Gallery image 89562
SOLIYEVA GULRUH SANOYEVNA
20 Fev 2026
09:33

Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.

7-Qahramon saylov okrugi deputati Xurshid Axadov o‘rganish jarayonida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, navbatlar tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari, xizmat ko‘rsatish tezkorligi va qulayliklar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Bo‘limda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.