Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 89525
Gallery image 89526
Gallery image 89527
Gallery image 89528
Gallery image 89529
Gallery image 89530
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
19 Fev 2026
00:00

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

O‘zbekiston XDP Oqoltin tuman Kengashi deputati Quchqorova Iroda “Ko‘rkam-diyor” mahallasi faollari va yoshlari bilan birgalikda tumandagi sanoat zonasida joylashgan “RISQIBOY-MIRONSHOX” MCHJ qoshidagi yog‘ ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari bazasida oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan qamrab olish, ularning malaka va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. 

Mazkur tashrif hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlash, mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.