Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 89521
Gallery image 89522
Gallery image 89523
Gallery image 89524
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
19 Fev 2026
00:00

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Oqoltin tumani hokimi, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Xusnitdin Suvonov “Shodlik” mahallasi yettiligi hamda mahalla
faollari bilan uchrashib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. 

  Ochiq va samimiy muloqot davomida aholining dolzarb muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mahalla markazi atrofidagi ochiq zovurni yopiq zovurga aylantirish, Besh yuz qishlog‘ida tomorqalarni oqar suv bilan ta’minlash uchun ichki tarmoqni ta’mirlash, Gulshan 1 va 2-ko‘chalarni asfaltlash, Nayman qishlog‘ida suv tarmog‘i ta’mirini yakunlash hamda sizot suvlarini kamaytirish maqsadida qo‘shimcha vertikal drenaj qurish masalalari rejalashtirildi. 

  Uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslar nazoratga olinib, belgilangan rejalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qayd etildi.