Barcha yangiliklar
30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi
Gallery image 89474
Gallery image 89475
Gallery image 89476
Gallery image 89477
Gallery image 89478
Gallery image 89479
Gallery image 89480
Gallery image 89481
Gallery image 89482
Gallery image 89483
Gallery image 89484
Gallery image 89485
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
19 Fev 2026
21:34

30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi

30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi

👀Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, shuningdek deputatlar A.Ergashev hamda Q.Igamberdiyevalar tumandagi 30-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅O‘rganish jarayonida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinfxonalar holati, moddiy-texnik baza, o‘qituvchilarning faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, maktab rahbariyati va pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi. O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 💳Mazkur tashrif ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, o‘quv jarayoni sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)