Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 89442
Gallery image 89443
Gallery image 89444
Gallery image 89445
Gallery image 89446
Gallery image 89447
Gallery image 89448
Gallery image 89449
Gallery image 89450
Gallery image 89451
Gallery image 89452
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
19 Fev 2026
18:35

Kengash_faoliyati

Tuman Kengashi deputati H.Abdimo'minov tomonidan Davlat xizmatlari va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

📱Xalq deputatlari tuman Kengashi deputat H.Abdimo'minov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organlarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.

📱O‘rganish jarayonida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, navbat kutish tizimi, xizmatlar ko‘rsatish tezligi, shuningdek, xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyati alohida ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

📱Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulaylik yaratish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, byurokratik to‘siqlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

📱Fuqarolarga davlat xizmatlarini tezkor, sifatli va qulay tarzda yetkazib berish ustuvor vazifa ekani qayd etilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi bildirildi.