Barcha yangiliklar











PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
19 Fev 2026
17:14
Deputatlar ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandilar
Xalq deputatlari Shahrisabz
tuman Kengashi deputatlari Bakir Elboyev, Burxon Aliqulov hamda
Ekologik partiya guruhi vakillari ishtirokida “Miraki” hududidagi ijtimoiy soha
obyektlarining bugungi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida asosiy
e’tibor 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qaratildi.
Unda muassasadagi mavjud sharoitlar, bolajonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar
va sanitariya-gigiyena holati atroflicha tahlil qilindi.
Natija: Aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar
berildi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.