Barcha yangiliklar
Inson qadri – e’tibor markazida
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
19 Fev 2026
17:01

Inson qadri – e’tibor markazida

Inson qadri – e’tibor markazida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Bakiyev tomonidan Erkinlik mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksa onaxon xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida onaxonning yashash sharoiti, sog‘ligi va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Suhbat jarayonida keksaning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Deputat tomonidan onaxonga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda kundalik ehtiyoj buyumlari topshirildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va doimiy nazoratga olish bo‘yicha tavsiyalar berild