Barcha yangiliklar
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 89380
Gallery image 89381
Gallery image 89382
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
19 Fev 2026
17:01

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bazarova "Chortut" mahallasiga tashrif buyurib, "mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mahalla yettiligi a’zolari tomonidan hududdagi muammolar, fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi hamda ayrim murojaatlarni o‘z nazoratiga oldi.

Uchrashuv yakunida mahalladagi ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.