Barcha yangiliklar
Yashil kelajak sari amaliy qadam!
Gallery image 89375
Gallery image 89376
Gallery image 89377
Gallery image 89378
Gallery image 89379
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
19 Fev 2026
16:58

Yashil kelajak sari amaliy qadam!

Bugun "Qarshiobod" mahallasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. Hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Elibiyev mahalla ahli bilan birgalikda ko‘chat o‘tqazish tadbirida faol ishtirok etdi.

Ushbu tashabbus yurtimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilib, atrof-muhitni asrash, aholi yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, hududga turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Har bir ekilgan nihol — ertangi kunimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun qo‘yilgan mustahkam poydevoridir.

Yashil makon — sog‘lom hayot garovi. Tabiatni asrash va uni boyitish barchamizning fuqarolik burchimizdir.