Barcha yangiliklar
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 89340
Gallery image 89341
Gallery image 89342
Gallery image 89343
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
19 Fev 2026
15:39

9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugi — “Bog‘i-eram” MFY hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga qilgan Murojaatnomasining 4-ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar, xususan, 9-sinf bitiruvchilarini bilim darajasi va kasbiy qiziqishlariga qarab saralash tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilib, o‘quvchilarning kelgusi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashi, kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning qobiliyatlarini aniqlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘z ustida ishlash, zamonaviy kasblarni egallash va kelajak rejalarini aniq belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.