Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati amalga oshirildi.
Gallery image 89337
Gallery image 89338
Gallery image 89339
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
19 Fev 2026
15:38

Deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashi deputati Murodjon Nishonov o‘z saylov okrugi — “Guliston” MFY hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati tadbirini amalga oshirdi.

Tashrif davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik baza hamda oziq-ovqat ta’minoti holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan bolalar uchun munosib va xavfsiz muhit yaratish masalasi doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.