Barcha yangiliklar
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Gallery image 89328
Gallery image 89329
Gallery image 89330
Gallery image 89331
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
19 Fev 2026
15:34

Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M. To‘ychiyeva tomonidan tumandagi sport maktabida sport murabbiylari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026 yil 5–6 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan o‘n uchinchi yalpi majlisida muhokama etilgan yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida qonunning asosiy maqsadlari, sohaga kiritilayotgan yangiliklar, sportchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir ochiq muloqot va konstruktiv ruhda o‘tdi.