Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.Sessiya
Gallery image 89283
Gallery image 89284
Gallery image 89285
Gallery image 89286
Gallery image 89287
Gallery image 89288
Gallery image 89289
Gallery image 89290
Gallery image 89291
Gallery image 89292
Gallery image 89293
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
17 Fev 2026
15:08

Chinoz tumani.Sessiya

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya kotibligiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova saylandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Miryakubovning, hokim o’rinbosari T.Tajiboyevning, Adliya bo‘limi boshlig’ining, doimiy komissiya raislari hamda tegishli mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Farxod Ibragimov, Muqim Erxo’jayev, Abdumajid Sadirov, Olimjon Isoqov, Surayyo Axmedova, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Surayyo Axmedova,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, Sessiya kotibi.