Barcha yangiliklar
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
Gallery image 89231
Gallery image 89232
Gallery image 89233
Gallery image 89234
Gallery image 89235
Gallery image 89236
Gallery image 89237
Gallery image 89238
Gallery image 89239
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
19 Fev 2026
14:20

Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda Bodomzor mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bajarilmoqda.

Xususan, mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashga tayyorlash, yo‘llarni toshlash, sug‘orish va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida ariqlarni kovlash hamda betonlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Tuman Hokimi, tuman Kengashi deputati A.A.Mamatqulov va tuman Kengashiga 4-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat K.Turdiqulovlar hamkorlikda ushbu ishlarning tasdiqlangan reja asosida, belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini o‘tkazdilar.

Obodonlashtirish ishlari yakunlangach, mahalla aholisi uchun yanada qulay, zamonaviy va xavfsiz yashash muhiti yaratilishi ko‘zda tutilgan.