Barcha yangiliklar







































MUSTAQIMOV MURODJON MEXRIDDIN O‘G‘LI
19 Fev 2026
13:08
Kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ramazon oyi davomida bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi go‘sht mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i, don mahsulotlari, meva-sabzavotlar va poliz ekinlari arzon va barqaror narxlarda taklif etilmoqda.
Tashkil etilgan “Ramazon oyi” yarmarkasidan Kogon shahar aholisi hamda mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berayotgan tadbirkorlar mamnun.
Ramazon oyida aholini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va bozorlarda narx-navoni nazorat qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.