Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
Gallery image 89193
Gallery image 89194
Gallery image 89195
Gallery image 89196
Gallery image 89197
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
19 Fev 2026
12:58

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

 Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida
manzilli o‘rganishlar olib borildi. O‘rganish jarayonida mahallalardagi “mahalla yettiligi” a’zolari hamda Ichki ishlar vazirligi tizimiga qarashli
hududiy IIB xodimlari bilan hamkorlikda uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi.
 

Tadbir davomida hududda sodir etilgan huquqbuzarlik tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari, profilaktika choralarining samaradorligi
hamda mavjud muammolar muhokama etildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, ijtimoiy
himoyaga muhtoj oilalar bilan individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

F.Hojiyev o‘z so‘zida jinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktik ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish
muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari va profilaktika inspektorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada
mustahkamlash, muammoli xonadonlar bilan tizimli ishlash zarurligi qayd etildi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda masalani doimiy nazoratga olish belgilandi.