Barcha yangiliklar
⚡️⚡️Xalq murojaati e'tiborsiz qolmadi
Gallery image 89177
Gallery image 89178
Gallery image 89179
Gallery image 89180
Gallery image 89181
Gallery image 89182
Gallery image 89183
MUSTAQIMOV MURODJON MEXRIDDIN O‘G‘LI
19 Fev 2026
13:01

⚡️⚡️Xalq murojaati e'tiborsiz qolmadi

⚡️⚡️Xalq murojaati e'tiborsiz qolmadi

Kogon shahar A.Qodiriy MFY Kogon ko'chasida istiqomad qiluvchi fuqarolar tomonidan mazkur ko'chada piyodalar yo'lagining yo'qligini ta'kidlab murojaat yo'llagan.

Mazkur murojaatga asosan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D.Arabova tomonida shahar "Obodonlashtirish" boshqarmasiga 2026-yilning 16-fevral kuni 18-ds-276-26-sonli deputatlik so'rovi yuborilgan.

Natijada, deputat so‘roviga javoban oradan ikki kun o‘tmay, mazkur ko'chada mas’ullar tomonidan piyodalar yo'lagi qurish ishlari boshlab yuborildi.

Mahalliy aholi deputatning tezkor aralashuvini yuqori baholab, muammo e’tiborsiz qolmagani, fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilayotganini mamnuniyat bilan kutib oldi.

Mazkur holat deputatlik nazoratining amaliy ifodasi, xalq ishonchini oqlash va fuqarolarning dolzarb muammolarini hal qilishda deputatlar faol ahamiyat kasb etayotganining yaqqol dalilidir.