Barcha yangiliklar
Hamkorlik Memorandumi imzolandi
Gallery image 89099
Gallery image 89100
Gallery image 89101
Gallery image 89102
Gallery image 89103
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
19 Fev 2026
11:09

Hamkorlik Memorandumi imzolandi

 “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Huquqiy maslahat byurosi hamda Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. 

Mazkur Memorandum tomonlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari 

🔹 aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish; 

🔹 mahalliy Kengash qarorlari va dasturlari
loyihalarini birgalikda tayyorlash;
 

🔹 Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining
malakasini oshirish;
 

🔹 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish.
 

Mazkur hamkorlik hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ochiq va samarali boshqaruvni mustahkamlashga
xizmat qiladi.