Barcha yangiliklar
“Tudamaydon” mahallasida katta o‘zgarishlar: ijtimoiy imkoniyatlari oshiriladi.
Gallery image 89084
Gallery image 89085
Gallery image 89086
Gallery image 89087
Gallery image 89088
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
19 Fev 2026
10:18

“Tudamaydon” mahallasida katta o‘zgarishlar: ijtimoiy imkoniyatlari oshiriladi.

Shahrisabz tumanini 2026-2027-yillarda rivojlantirish dasturi doirasida “Tudamaydon” mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Tuman hokimi S.Xasanov hududdan saylangan tuman Kengashi deputatlari S.Abdimuratova, A.Dusmurdovlar bilan birgalikda mahalliy aholi bilan uchrashib, rejalashtirilgan yangiliklarni e’lon qilishdi:

⚡️ Elektr tizimi tubdan yangilanadi:

Umumiy qiymati 3 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha asosida 2 ta yangi transformator o‘rnatiladi, 11,5 km elektr tarmog‘i tortiladi va 275 ta yangi tayanch ustunlari o‘rnatiladi.

💧 Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi:

Mahalladagi 850 ta xonadonni obihayot bilan ta’minlash uchun 3 ta artezian qudug‘i qazib beriladi.