Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 89082
Gallery image 89083
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
19 Fev 2026
10:17

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏘 Mahallada yoshlar muammolari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov “Uzunsoy” mahallasida mahalla yoshlar yetakchisi va mahalla profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi.

📌 Uchrashuv davomida bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning dolzarb muammolari va takliflari o‘rganildi.

🌟 Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan profilaktika chora-tadbirlari, yoshlar bilan ishlash tajribalari va ilg‘or amaliyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv hududda profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar bilan samarali muloqotni ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.