Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Yuksalish harakati vakillari bilan hamkorlikda shahardagi Vatan, Guliston va Miltiqsoz mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 88900
Gallery image 88901
Gallery image 88902
Gallery image 88903
Gallery image 88904
Gallery image 88905
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
18 Fev 2026
18:55

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Yuksalish harakati vakillari bilan hamkorlikda shahardagi Vatan, Guliston va Miltiqsoz mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarning saqlanishi, tom qoplamalari, ichki muhandislik tarmoqlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, aholining mavjud muammolar, to‘lovlar tizimi va xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarining shartnoma asosidagi majburiyatlari, bajarilgan ishlar hajmi va moliyaviy intizomi yuzasidan ham tahlillar o‘tkazildi. 

Mazkur o‘rganishlar natijasida muammoli masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.