Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 88800
Gallery image 88801
Gallery image 88802
Gallery image 88803
Gallery image 88804
Gallery image 88805
Gallery image 88806
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
18 Fev 2026
16:26

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati J.Abdunazarov "Bag'rikeng" mahallasida 45-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📱Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o'tdi. Deputat J.Abdunazarov mahalla ahlining turli masalalar bo'yicha murojaatlarini diqqat bilan tingladi. Suhbat davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan maishiy muammolar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

📱 Saylovchilar o'zlarini qiynayotgan masalalar, mahallaga oid takliflar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq fikr-mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni sinchkovlik bilan o'rganib, ularning yechimi yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va vakolatli tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar ijrosini nazoratga oldi.

 📱Tegishli mas'ul idoralarga deputatlik so'rovi yuborish, muammolarni xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga olib chiqish bo'yicha ham choralar ko'rilishi belgilandi.

📱 Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining muhim qismi bo'lib, ular orqali aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, muammolar o'z vaqtida aniqlanib, samarali yechim topishiga xizmat qiladi.