Barcha yangiliklar
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
Gallery image 88795
Gallery image 88796
Gallery image 88797
Gallery image 88798
Gallery image 88799
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
18 Fev 2026
16:22

“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

 “Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga
qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
 

  

🔹
Farg‘ona tumani hududidagi Kaptarxona mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida uchrashuv tashkil qilindi.
 

🔹
Uchrashuvda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov,
Ozodaxon Dadajonova va hudud deputati G‘ofurjon Saidmirzaevlar zamonaviy kiberjinoyat
turlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Unda, xususan, internet orqali firibgarlik,
fishing, onlayn kredit va lotereya aldovlari, soxta investitsiya takliflari hamda
ijtimoiy tarmoqlardagi qalbaki sahifalar orqali sodir etilayotgan jinoyatlar ko‘rib
chiqildi.
 

🔹
Deputatlar fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalari ma’lumotlarini himoya
qilish, shubhali havolalarni ochmaslik va axborotni faqat rasmiy manbalar orqali
tekshirish lozimligini ham ta’kidladilar.
 

🔹
Mazkur targ‘ibot tadbiri fuqarolarni zamonaviy axborot xatarlaridan himoya qilish
va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

  

  

Telegram | Facebook | YouTube